10:30 / 28.09.2020
2 656

OCHL. G‘arb mintaqasida barcha chorak finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

OCHL. G‘arb mintaqasida barcha chorak finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi
Foto: OFK
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan ikki o‘yin 27 sentabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Xavi qo‘l ostidagi «As-Sadd» Eronning «Persepolis» jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning 88-daqiqasida Isa Alekasir forslarga keyingi bosqich eshiklarini ochgan golga mualliflik qildi.

Yana bir o‘yin Saudiya Arabistonining «An-Nassr» va «At-Tavun» jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda Abdurrazoq Hamdullohning goli «An-Nassr» futbolchilariga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa g‘arb mintaqasida chorak finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi:
  • «Paxtakor» (O‘zbekiston)
  • «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni)
  • «An-Nassr» (Saudiya Arabistoni)
  • «Persepolis» (Eron)

¼ final bosqichiga 28 sentabr kuni qur’a tashlanadi. Mazkur bosqich o‘yinlari 30 sentabr kuni o‘tkaziladi.

1/8 final bahslari
«Persepolis» Eron — «As-Sadd» Qatar 1:0
Gol:
1:0 – 88 Isa Alekasir.
Chetlatish: Siamak Ne’mati (90+1) — «Persepolis»

«An-Nassr» Saudiya Arabistoni — «At-Tavun» Saudiya Arabistoni 1:0
Gol:
1:0 – 75 Abdurrazoq Hamdulloh.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. G‘arb mintaqasida barcha chorak finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi