"Jenoa" "Rostov"ga hujumchi Eldor Shomurodov bo‘yicha yangi taklif berdi. Unga ko‘ra Genuya klubi "Rostov" forvardi uchun 7,5 million yevro taklif qildi va bu mablag‘ keyingi 3 yil davomida to‘lab boriladi, sababi "Jenoa"da ushbu mablag‘ni bir yo‘la to‘lab yuborish uchun budjet yo‘q. Shu bilan birga, "Jenoa" uning keyingi sotuvidan Rossiya klubiga bonus beradi.
Shaxsiy shartnomaga kelsak, A Seriya klubi Shomurodovga kamida 3 yillik va bir mavsum uchun 600-700 ming yevro maoshlik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Agar "Rostov" "Jenoa"ning bu taklifini qabul qilsa, bitim yaqin 3 kunda amalga oshadi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2017 yilning yozidan beri "Rostov" sharafini himoya qiladi. Eldor Rossiya jamoasida umumiy barcha musobaqalarda 91ta o‘yinda maydonga tushib, 18ta gol va 12ta assist qayd etdi. Forvardning klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra Shomurodov ertaga, 1 oktabr kuni Italiyaga uchib boradi va "Jenoa" bilan shartnoma imzolaydi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi