
Rossiya ommaviy axborot vositalari “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov bugun – 1 oktabr kuni Italiyaga uchib ketgani haqida xabar tarmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Rostov” rahbariyati o‘zbekistonlik hujumchini transfer qilishga rozi bo‘lgan. “Jenoa” hujumchi uchun rostovliklarga 9 million yevro to‘laydi va keyingi transferdan 15 foiz ulush ajratadi.
Eldor Shomurodov juma kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin “Jenoa” bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. Uning maoshi yiliga 600-700 ming yevro bo‘lishi aytilmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi “Rostov” tarkibida jami 91 ta o‘yinda 18 ta gol urdi. Eldor mamlakatimiz bosh jamoasi safida 43 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 20 marta ishg‘ol qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar