
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni “Jenoa”ga sotib yuborgan “Rostov” uning o‘rniga yangi forvard xarid qildi.
Klub rasmiy tvitterining xabar berishicha, rostovliklar “Tambov” hujumchisi Vladimir Obuxovni sotib oldi. Ta’kidlash kerakki, Obuxov asli O‘zbekistonda tug‘ilgan va 8 yil shu yerda yashagan.
28 yoshli Vladimir “Spartak” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bu jamoaning asosiy tarkibida 5 ta o‘yin o‘tkazgan. Bundan tashqari «Torpedo», «Kuban», «Mordoviya» va «Sochi» klublarida ham o‘ynagan. Obuxov o‘tgan mavsum “Tambov” safida RPLda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar