21:05 / 01.10.2020
1 551

Eldor Shomurodov: «Endi olg‘a yurish vaqti keldi»

Eldor Shomurodov: «Endi olg‘a yurish vaqti keldi»
Kadr: YouTube
Eldor Shomurodov «Jenoa»ga o‘tayotgani haqida fikr bildirdi.
- "Aziz «Rostov» muxlislari. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. 2017 yildan beri «Rostov»da baxtliman, klub hayotimning bir qismi bo‘lib qoladi. Gollarimdan keyingi his-tuyg‘ularingizni yaxshi eslayman. Men buni hech qachon unutmayman. Sizga eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman.

Klub rahbariyati, murabbiylar shtabi va baza xodimlaridan juda minnatdorman. Bu odamlar menga ishondi. Ularning ko‘magi hayotimdagi asosiy narsaga aylandi. Endi oldinga yurish vaqti keldi, ammo bu men klubni unutaman degani emas. Men har doim «Rostov»ning muxlisi bo‘lib qolaman. Va unutmang: biz «Rostov»miz!
", - deydi Eldor Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Jenoa» bonuslar bilan birga Shomurodov uchun 9 million yevro to‘lashi, shuningdek, donliklar Eldorning keyingi transferlaridan tushadigan mablag‘ning 15 foiziga ega chiqishi haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Eldor rostovliklar safida 2017 yildan beri to‘p tepib keladi. Mazkur vaqt mobaynida u 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning «Rostov» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

25 yoshli futbolchi «Mash’al» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, «Rostov»dan avval «Bunyodkor» safida harakat qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)