
"Jenoa"ning o‘zbekistonlik forvardi jamoa safida nechinchi raqamda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, Eldor Shomurodov "Jenoa" safida 9-raqam ostida to‘p tepadi.
Bunga qadar ushbu raqamda Kazuyoshi Miura, Luka Toni, Ernan Krespo, Alberto Jilardino va Kshishtof Pyontek kabi ajoyib hujumchilar to‘p tepgan.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik forvard A Seriya 5-tur doirasidagi "Inter"ga qarshi o‘yinda debyut qilishi mumkin.
Hamyurtimiz 4-turdagi "Verona"ga qarshi o‘yingacha ulgurishga harakat qiladi, biroq barchasi uning Italiyada ishlash huquqini beruvchi hujjatni qanchalik tez olishiga bog‘liq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar