O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Eldor Shomurodovning "Jenoa"ga o‘tishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Eldor Shomurodov terma jamoa yig‘iniga chaqirilgan. Umid qilamanki, u "Jenoa" bilan shartnoma tuzadi va Toshkentga uchib keladi. Hozircha uning kelmasligi haqida gap-so‘z bo‘lgani yo‘q.
Aslida Odil Ahmedovni ham bu yig‘inga chaqirmoqchi edim. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli Xitoyga qaytganidan keyin 14 kun karantinda bo‘lishi shartligi bois Ahmedovni bu safar chaqirmadik.
Ro‘yxatdagi ikki futbolchi hozircha terma jamoaga kelmasligi aniq. "Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulov kasal, yarim himoyachi Oybek Bozorovda esa jarohat bor ekan.
To‘g‘risi aytsam bungacha "Jenoa"ni kuzatmas edim. Endi bu jamoa o‘yinlarini ko‘ramiz va Shomurodovning harakatlariga baho beramiz. Tushunarliki "Jenoa" Italiya futboli yetakchisi emas, ammo baribir bu A Seriya. Eldor Shomurodov bu klubda o‘ynab keta olishiga ishonchim komil. U yerda menimcha hech qanday muammo bo‘lmaydi. Umid qilamizki aynan shunday bo‘ladi", - deydi Vadim Abramov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar