Foto: Twitter
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) «Persepolis» hujumchisi Isa Alkasirni olti oy muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatdi.
Gap shundaki, futbolchining Osiyo Chempionlar Ligasi chorak final bahsi doirasida «Paxtakor»ga qarshi kechgan bahsda (2:0) golni nishonlash vaqtidagi harakati irqiy kamsitish deya baholangan. Isa gol nishonlash vaqtida qo‘llari yordamida atayin ko‘zini qisiq qilib ko‘rsatgandi.
Foto: Twitter
OFK bayonotida keltirilishicha Alkasir bu orqali tartib intizom kodeksining 58.1 bandini buzgan. Tashkilot olti oylik diskvalifikatsiyadan tashqari futbolchiga 10 ming AQSH dollari miqdorida jarima ham belgilagan.
Qizig‘i shundaki, o‘yin 30 sentabr kuni o‘tkazilgan bo‘lsa-da OFKning mazkur qarorni «Persepolis»ning «An-Nassr»ga qarshi kechadigan yarim final o‘yiniga uch soat vaqt qolganida e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, aynan shu futbolchi «Paxtakor»ga qarshi o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan «As-Sadd»ga qarshi bahsda qizil kartochka olgandi. Biroq OFK uning chetlatilishini bekor qilgan va toshkentliklarga qarshi o‘yinda ishtirok etishiga ruxsat bergandi. Futbolchi «sherlar» darvozasiga urilgan ikki golga ham o‘zi muallif bo‘lgandi.
Eron matbuotida aytilishicha, golning bu tariqa nishonlanishi Isa Alkasir uchun odatiy holga aylangan. U mazkur harakat orqali gollarini marhum jiyaniga bag‘ishlashi aytilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar