12:10 / 05.10.2020
2 621

Shomurodovning agenti: «Eldorda Osiyodan ko‘plab foydali takliflar bor edi, biroq u boshidanoq Yevropaga intilgandi»

Shomurodovning agenti: «Eldorda Osiyodan ko‘plab foydali takliflar bor edi, biroq u boshidanoq Yevropaga intilgandi»
Foto: O‘FA
«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov bilan hamkorlik qiladigan ProSpors Management kompaniyasi vakili Qahhor Mo‘minov o‘zbekistonlik futbolchining A Seriya klubi safiga o‘tganini sharhlab o‘tdi.

- 2017 yilda Eldor bilan hamkorlikni boshladik va o‘sha vaqtdayoq bu yigit aynan Yevropa uchun ekanini bilardik. Uning kuchli tomonlari darhol ko‘ringandi. U bizga vazifa qo‘ygandi — Yevropaga ketish. Biz bu rejani ikkiga bo‘lishga qaror qildik: avvaliga u o‘zini Rossiyada ko‘rsatishi, keyin esa Yevropaga yo‘l olishi kerak edi. Unda hammasi o‘xshadi.

Yana bir gap: Osiyodagi foydali takliflarga qaramay Eldor Yevropa variantini tanladi. U Osiyoda katta nomga ega, Eldor istalgan vaqtda Qatar, Saudiya Arabistoni yoki Xitoy klubiga yo‘l olishi mumkin edi. Biroq yigit bor vujudi bilan Yevropaga intildi va bu narsa ro‘y berdi
, - deydi futbol agenti Qahhor Mo‘minov.

Italiyaning «Jenoa» klubi Shomurodov bilan 2024 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Xabarlarga ko‘ra, genuyaliklar Shomurodov transferi uchun 7,5 million yevro sarflagan. Uning yangi jamoasidagi maoshi esa yiliga 1 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi «Mash’al» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanib, «Bunyodkor» va «Rostov» safida harakat qilgan. Eldor rostovliklar jamoasida 2017 yildan beri to‘p tepib kelardi. Mazkur vaqt mobaynida u 91 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning agenti: «Eldorda Osiyodan ko‘plab foydali takliflar bor edi, biroq u boshidanoq Yevropaga intilgandi»