22:53 / 13.10.2020
3 044

Endi "Tambov"ga muxlislik qilamizmi?

Endi "Tambov"ga muxlislik qilamizmi?
Yozgi transferlar davrida “Bunyodkor”dan “Lokomotiv” Moskvaga ko‘chib o‘tgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov Toshkentga qaytmaydigan bo‘ldi.

“Temiryo‘lchilar” 18 yoshli hamyurtimizni RPLning boshqa bir klubi - “Tambov”ga ijaraga beradi. Bu haqda klub sport direktori Pavel Xudyakov xabar berdi.

Jaloliddinovni sotib olish huquqisiz mavsum oxirigacha ijaraga olamiz. Uning maoshini to‘liq “Lokomotiv” to‘laydi va biz bu borada kelishib oldik”, - dedi Xudyakov.

Eslatib o‘tamiz, “Loko” dastlab Jasurni RPL qaydnomasiga kiritgan edi. Ammo legionerlar limiti sabab keyinchalik uni qaydnomadan chiqarishdi. Bu orada Jaloliddinovning “Bunyodkor”ga ijara asosida qaytishi haqida ham xabarlar tarqalib ketdi.

"Tambov" ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Endi "Tambov"ga muxlislik qilamizmi?