21:01 / 18.10.2020
2 270

Ro‘ziqul Berdiyev: Bugungi hakamlarning saviyasi pastligi ko‘rinib qoldi

Ro‘ziqul Berdiyev: Bugungi hakamlarning saviyasi pastligi ko‘rinib qoldi
O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Buxoro" va "Nasaf" jamoalari qarama-qarshiligi 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Buxoro" avvaldan himoyaviy futbol ko‘rsatardi. Bugun ularni yana ham ko‘proq mudofaaga e’tibor qaratganligini ko‘rdik. Ularning rejasini yo‘qqa chiqarish uchun birinchi taymdagi vaziyatlarni golga aylantirishimiz lozim edi. Shundagina yaqqol ustunlikka ega bo‘lishimiz mumkin bo‘lardi. Afsuski, ikkinchi taymda buxoroliklar jamoaviy tarzda himoyalanib, vaziyat yaratishimizga imkon bermadi.

Menimcha, bugungi durang ikkala jamoani ham qoniqtirmaydi. Biz bugungi o‘yindan g‘alaba kutgandik. Bunga jamoamning o‘yin ham sabab bo‘ldi. Hujumdagilar keskin qarorlar qabul qilishda oqsadi.

Hakamlar haqida gapiravermayman. Ammo bugungi hakamlikni qoniqarli darajada, deb bo‘lmaydi. Hakamning saviyasi pastligi uning maydon bo‘ylab harakatlari va chiqargan qarorlaridan ko‘rinib qoldi. Yakkakurashlarda juda ko‘p raqib foydasiga fol belgilandi", - dedi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Bugungi hakamlarning saviyasi pastligi ko‘rinib qoldi