19:58 / 19.10.2020
1 903

"Toshkent derbisi"da "Lokomotiv" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi

"Toshkent derbisi"da "Lokomotiv" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Coca Cola Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Bunyodkor" bellashuvida mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlabki gol 29-daqiqada Temurxo‘ja Abduholiqov tomonidan urilgan bo‘lsa, uning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Kril Pogrebnyak 68-daqiqada hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. O‘yin so‘ngida Nurillo To‘xtasinov hisobni qisqartidi. Shuningdek, "qaldirg‘ochlar"ning qo‘shimcha vaqtlardagi goli o‘yindan tashqari holat sababli hisobga olinmadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng, "temiryo‘lchilar" o‘zaro o‘yinlardagi hisobni tenglashtirdi. Endilikda har ikki jamoa hisobida 10 tadan g‘alaba bor.

"Lokomotiv" – "Bunyodkor" - 2:1
Gollar:
Temurxo‘ja Abduxoliqov 29, - 1:0 (Jaloliddin Jumaboyev). Kirill Pogrebnyak 68, - 2:0 (Diyor Turopov). Nurillo To‘xtasinov 87, - 2:1.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Jahongir Abdumo‘minov, 7.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmayev (19.Avazbek O‘lmasaliyev, 76), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (9.Kirill Pogrebnyak, 55), 14.Azizbek Amonov, 20.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 26.Dilshodjon Komilov (18.Ibrohim G‘anixonov, 80), 37.Sherzod Fayziyev, 52.Jaloliddin Jumaboyev, 77.Diyorjon Turopov.
Zaxira: 13.Rustam Nartadjiyev, 4.Shahzod Shaymanov, 5.Slavko Damyanovich, 17.Saveliy Abramov, 25.Javohir Alijonov, 80.Farruh Ibrohimov.

"Bunyodkor": 71.Sarvar Karimov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yuldashev, 7.Dilshodbek Ahmadaliyev (26.Ulug‘bek Abdullayev, 74), 10.Xurshid G‘iyosov (77.Selim Nurmuradov, 43) (14.Mirjahon Mirahmadov, 74), 11.Rasul Yo‘ldoshev (34.Suhrob Izzatov, 69), 13.Lutfulla To‘rayev, 17.Sanjar Qodirqulov, 19. Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 90.Shaxboz Erkinov (20.Vladislav Nuriyev, 74)
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Davronjon Ergashev, 6.Anvar G‘ofurov, 37.Muhammadodil Qahramonov.

Ogohlantirishlar: Xurshid G‘iyosov 39, Marat Bikmayev 45+1, Kaxi Maxaradze 67, Islom Qobilov 67.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Toshkent derbisi"da "Lokomotiv" qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi