07:00 / 20.10.2020
1 756

Mirchu Luchesku: Messi ko‘p narsani mustaqil hal qila oladi, Ronaldu esa jamoadoshlari yordamiga muhtoj

Mirchu Luchesku: Messi ko‘p narsani mustaqil hal qila oladi, Ronaldu esa jamoadoshlari yordamiga muhtoj
Foto: Sportbox
Kiyevning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- "Men Messi va Ronaldu bilan ko‘p marotaba to‘qnash kelganman, ammo futbolchilarimda bunday bo‘lmagan. Yaqinda ular ham ularga duch keladi. Futbolchilarga ularning nimalarga qodir ekanligini tushuntirishim kerak.

Messi — tezkorligi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi, driblingi va boshqa jihatlar tufayli qisqa masofalarda ham ustunlik qila oladi. Ronaldu esa boshqacharoq uslubda o‘ynaydi, u ko‘p gol urishni yaxshi ko‘radi, shuning uchun unga ko‘proq bo‘sh hudud kerak. U jamoadoshlarining yordamiga muhtoj, Messi esa mustaqil o‘ynay oladi.

Ronaldu jarima maydonchasida yoki undan 20 metr uzoqlikda mustaqil harakat qilishi mumkin, ammo u boshqalar yaratgan bo‘shliqdan foydalanishga harakat qiladi va zarba beradi. Bori shu, ular bir-biridan farq qiladi, ammo ikkalasi ham juda kuchli o‘yinchilar
", - deydi «Dinamo Kiyev» bosh murabbiyi Mircha Luchesku.

Qayd etish joiz, Chempionlar Ligasining 2020/21 yilgi mavsumida «Barselona», «Yuventus» va «Dinamo K» jamoalari bir guruhdan joy olgan.

Ronaldu ushbu mavsumda A Seriyada 2 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 1 ta assistga mualliflik qilgan bo‘lsa, Messi La Ligada 4 uchrashuvda maydonga tushib, 1 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirchu Luchesku: Messi ko‘p narsani mustaqil hal qila oladi, Ronaldu esa jamoadoshlari yordamiga muhtoj