O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 19-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi Toshkent derbisi "temiryo‘lchilarning" 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Men nima ham deya olaman?! Barchangiz o‘yinni ko‘rdingiz. "Lokomotiv"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Faqat, bir narsa haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Raqib o‘yin tempini buzish uchun ko‘p ishlar qildi. Buni tushunish mumkin: futboldagi oddiy ayyorlik. Ammo hakamlar nima uchun kerak? Biz - murabbiylar, futbolchilar g‘arb futbolidan o‘zimizga kerakli narsalarni o‘rganamiz. Nahotki, hakamlar futbol ko‘rmaydi?!
Ular ochiqchasiga vaqt cho‘zmoqda. Jami 10 ta o‘zgarish bo‘lgan o‘yin uchun 4 daqiqa qo‘shib berilmoqda. Angliya futbolini ko‘ring, 8-10 daqiqagacha qo‘shib berishadi. Men o‘yin davomida ham ularga shuncha to‘xtalishga qaramay, 3-4 daqiqa qo‘shib berishlarini aytgandim. Mana, shunday ham bo‘ldi.
Gollarni personal xatolar evaziga qo‘yib yubordik. Birinchi golda ofsayd bordek tuyuldi. Ikkinchi golda esa himoyachilar joy tanlashda adashdi.
"Lokomotiv" darvozabonini eng yaxshi o‘yinchi, deb atagan bo‘lardim. Kerakli vaziyatlarda kerakli ishlarni amalga oshirdi.
Nuriyevda kam o‘yin amaliyoti bo‘lmoqda. Aksariyat o‘yinlarda 10-15 daqiqa o‘ynamoqda. Bir o‘yinda penalti ham ishlab bergandi. Ha, hujumchining vazifasi gol urish. Ammo unda kam vaqt bo‘lmoqda. Shunga qaramay, aytib o‘tishim kerakki, bugun maydonga tushirgan futbolchilarimizning hech biri o‘yinni kuchaytira olmadi. Xurshid G‘iyosov bilan bog‘liq vaziyatda hech qanday muammo yo‘q edi. U qizil kartochka ishlab olishi mumkin edi. Shuning uchun, uni birinchi bo‘limdayoq almashtirdim", - dedi Vadim Karlenovich. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar