23:43 / 23.10.2020
4 913

Shahram G‘iyosov Shahlo Ahmedova bilan munosabatlari va Shohjahon Ergashev haqida gapirdi

Shahram G‘iyosov Shahlo Ahmedova bilan munosabatlari va Shohjahon Ergashev haqida gapirdi
Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram G‘iyosov 10 oylik tanaffusdan so‘ng AQSHdan O‘zbekistonga qaytib keldi.
Iqtidorli charm qo‘lqop ustasi “Zo‘r TV” telekanaliga bergan intervyusida muxlislarni qiziqtirgan qiziqarli savollarga javob qaytardi.

- Qo‘shiqchi Shahlo Ahmedova bilan o‘rtangizda qanday munosabat bor?
- Bu haqda avval ham aytganman, hozir ham aytaman, Shahlo bilan shunchaki do‘stmiz va oramizda do‘stlikdan boshqa hech qanday munosabat bo‘lmagan. Do‘stingiz bilan biron joyda birga ovqatlanishingiz yoki birga sayr qilishingiz, munosabatlar boshqacha tus olganini anglatmaydi.

- O‘zbek professional bokschilari orasida gonorar olish bo‘yicha nechanchi o‘rinda turasiz?
- Qancha gonorar olishimni ayta olmayman, ammo o‘zbek bokschilari orasida eng ko‘p gonorar olish bo‘yicha birinchi o‘rinda turaman.

- Siz faoliyat yuritayotgan promouterlik kompaniyasida yana qaysi o‘zbekistonlik bokschilar bor?
- Bektemir Meliqo‘ziyev, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov.

- Faoliyatingizni yakunlaganingizdan so‘ng, UFCga ham o‘tish niyatingiz bormi?
- Hozircha yo‘q. Balki boksdagi faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng, o‘tishim mumkindir. Ayni damda mening bor e’tiborim, xayollarim kamarlarda.

- “Rio-2016”da qo‘lga kiritilgan tarixiy natijalar “Tokio-2020”da ham takrorlanishi mumkinmi?
- Hech narsa deya olmayman. Lekin bir narsani aniq aytishim mumkin, bunday oltin avlod o‘zbek boksida boshqa bo‘lmasa kerak. Bunday avlod, bunday natijalar...juda ham qiyin. Buning uchun ahillik kerak. Bokschilarning bir-biriga oqibati, trenerlarning o‘zaro hurmati bo‘lishi kerak. Ochig‘ini aytsam, hozir men hech kimda bu xususiyatlarni ko‘rmayapman. Bizning paytimizda birlik bor edi, hozir birlik yo‘qolgan. Hamma o‘zim bo‘lsam, deydi. Ko‘ramiz, agar Tokioda natija bo‘lsa, demak ular to‘g‘ri yo‘lda bo‘ladi.

- Shohjahon Ergashev bilan jang qilishingiz mumkinmi? Agar bu jang bo‘lsa, u O‘zbekistonda o‘tkaziladimi?
- Agar shunday bo‘lsa, uni O‘zbekistonda o‘tkazishga harakat qilamiz. Negaki, bu bizning jang. Ikki o‘zbek bokschisining o‘zaro jangini butun O‘zbekiston ko‘rishi kerak. Lekin shu o‘rinda, bir narsani aytib o‘tmoqchiman, biz Shohjahon bilan do‘stmiz va o‘zaro munosabatlarimiz yaxshi. Lekin ringda do‘st bo‘lmaydi, ringga chiqqach, qarshingizda faqat raqibingiz turadi.

Baxtiyorjon Toshtemirov

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov Shahlo Ahmedova bilan munosabatlari va Shohjahon Ergashev haqida gapirdi