09:13 / 24.10.2020
1 978

"El-klasiko" oldidan Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot anjumani

"El-klasiko" oldidan Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot anjumani
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 7-turida bo‘ladigan "Barselona"ga qarshi "el-klasiko" oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Klasiko bu - klasiko. Ikki yaxshi jamoa o‘zaro kurashadigan o‘yin. Vaziyat va bo‘sh stadionga qaramay, yaxshi o‘yin bo‘ladi. O‘zgarishlarga qo‘l urmoqchimiz. O‘z o‘yinimizni namoyish qilishga urinamiz.

"Barselona" haqida? Bu har qanday murabbiy bilan doimo kuchli bo‘lgan jamoa. "Barselona" har doim "Barselona". Yaxshi futbol o‘ynashni biladigan va sizga har vaqt qiyinchilik tug‘dina oladigan jamoa.

Tafsilotlarga to‘xtalmayman. Qiyin uchrashuv kutayotganini aniq bilaman va bu o‘ziga yarasha yaxshi. Maydonga chiqib, boshidanoq murakkab bo‘ladigan bellashuvni o‘tkazamiz
, - dedi Zinedin Zidan.

"Barselona" - "Real" o‘rtasidagi "el-klasiko" 24 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "El-klasiko" oldidan Zinedin Zidan ishtirokidagi matbuot anjumani