08:44 / 26.10.2020
3 864

Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan uch hafta oldin oyog‘ini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan uch hafta oldin oyog‘ini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
UFC prezidenti Deyna Uayt yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedov Jastin Getji qarshi jang oldidan jarohat olgani haqida gapirdi.

«Mengacha bir ma’lumot yetib keldi. Buni eshitdingizmi yoki yo‘q bilmayman. Ma’lum bo‘lishicha, unda oyoq sinishi kuzatilgan. Bu jangdan uch hafta avval sodir bo‘lgan. Buni menga Habibning atrofidagi odamlar aytdi. U hech kimga hech narsa demadi, Habib eng chidamli odamlardan biri», — deydi Uayt.

Eslatib o‘tamiz, Habib «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan UFC 254 musobaqasida Jastin Getjini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab taslim etdi. Jangdan keyin rossiyalik yakkakurashchi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan uch hafta oldin oyog‘ini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi