Oxirgi paytlarda Superliganing keyingi mavsumida 16 jamoa ishtirok etishi borasida gap-so‘zlar ko‘paydi. Bunga oydinlik kiritish maqsadida PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- "Aral" futbol klubi haqida gap-so‘zlar ko‘paygach, ayrim hamkasblarimiz Superliga klublari sonining 16 taga yetkazilishi borasida bamaylixotir muloqotlar, chiqishlar qilishni boshlashdi.
Ertaga bu jarayon haqiqatga aylansa, aynan shular vaziyatni tanqid qilishga o‘tishlari katta ehtimol. Shunday ekan, kech bo‘lganida tanqid qilguncha, avvaldan bu kabi ishlarning oldini olish uchun intilgan to‘g‘riroq. Biz Prezidentning Qoraqalpog‘istonda futbolni rivojlantirish borasidagi fikrlarini to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz va bu boradagi pozitsiyamizni mana shu nuqtada bayon qilganmiz.
Biz sport prinsiplariga sun’iy tashqi ta’sirlar aralashuviga yo‘l qo‘yib berar ekanmiz, porloq kelajak haqida so‘z qotishimiz mumkin emas. Oddiy misol — "Surxon" futbol klubining Superligaga qaytarilishi. Sizni ishontirib aytamanki, bundan na biz va na Surxondaryo futboli yutdi. Chunki bu klub biror bir surxondaryolik bolakay katta futbolgacha emin-erkin qadam qo‘yib kelishi uchun amalda hech bir ish qilgani yo‘q.
O‘rtoqlar, bizni FIFA, OFK kabi xalqaro tashkilotlar kuzatib boradi. Bas shunday ekan, biror klubni ikki liga sakratib, elitaga olib chiqishimiz hech qachon oqlanadigan ish bo‘lmaydi. Biz Prezident aytgan so‘zlarni to‘g‘ri talqin qilishimiz, jamoalarni birinchi navbatda litsenziyalash talablariga tayyorlab borishimiz eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Umid qilamizki, kelasi mavsum Pro ligamiz Aral jamoasi bilan to‘ldiriladi hamda biz futbolni rivojlantirish strategiyasi doirasida mana shu klub bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi