Bugun OFK shtab-kvartirasida onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda eng avvalo to‘xtab qolgan JCH-2022 saralash o‘yinlarini qachon davom ettirish masalasi ko‘rib chiqildi. Ma’lumki, hozirgi vaziyatga ko‘ra bu yil hisobidan rasmiy o‘yinlarni davom ettirishning imkoni yo‘q, shu bois OFK 2020 yil hisobidan saralash uchrashuvlarini o‘tkazmaslik haqida qaror chiqargan.
Bugungi yig‘ilishda jahon chempionati saralashining navbatdagi turlarini 2021 yil mart va iyun oylarida o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi va bir ovozdan ma’qullandi. Shunday qilib 7 va 8-tur o‘yinlari 2021 yilning mart oyida tashkil etiladi hamda 9 va 10-turlar iyunda bo‘lib o‘tadi. Bu o‘rinda barcha uchrashuvlar 15 iyunga qadar tugagan bo‘lishi shart. (OFK aniq sanalar bo‘yicha keyinroq ma’lumot beradi).
Saralashning hal qiluvchi uchinchi bosqichi esa kutilganidek kelasi yil sentabrda start oladi va 2022 yil mart oyida oxirgi saralash bosqichi tugaydi. O‘z guruhlarida birinchi-ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar o‘rtasida pley-off o‘tkaziladi. Avvalgi yillardan farqli o‘laroq, bu safar pley-off uchrashuvi bitta o‘yindan iborat bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi