06:30 / 15.11.2020
1 926

Useyn Bolt: «Krishtianu Ronaldu hozirda mendan tezkorroq»

Useyn Bolt: «Krishtianu Ronaldu hozirda mendan tezkorroq»
Foto: Twitter
Yengil atletika bo‘yicha sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt o‘zining tezligini «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduniki bilan solishtirdi.

«Agar hozir bellashadigan bo‘lsak, Krishtianu yutadi degan fikrdaman, buni ishonch bilan ayta olaman. Chunki u hali ham ishda. Uni superatlet deb hisoblayman, u o‘z sportida har doim top-darajada bo‘lib kelgan. U har kuni zo‘r berib mehnat qiladi, u doim diqqat-e’tiborda. O‘ylashimcha, hozirda u mendan tezkorroq», — deydi Bolt.

Portugaliyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda A Seriyada to‘rtta o‘yin o‘tkazib, 6 gol va bitta golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Useyn Bolt: «Krishtianu Ronaldu hozirda mendan tezkorroq»