
Foto: Twitter
«Manchester Siti» jamoasi o‘z tarkibini La Liganing ikki yulduzi bilan to‘ldirmoqchi. ESPN Argentina nashrining xabar qilishicha, «shaharliklar» «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Real» himoyachisi Serxio Ramos uchun taklif tayyorlamoqda.
Ikkisining ham 2021 yil yozida jamoa bilan amaldagi shartnomasi poyoniga yetadi va 1 yanvardan «Manchester Siti» muzokaralarga kirishish huquqiga ega bo‘ladi. Ingliz klubi futbolchilarni erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Avvalroq Ramosga PSJ talabgorligi xabar qilingandi. Messi avgust oyida «Barselona»ni tark etishni istagani va faoliyatini «Manchester Siti» davom ettirish niyatida bo‘lgani ma’lum bo‘lgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar