
O‘zbekiston terma jamoasi va Soligorskning "Shaxtyor" klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev "Astana" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Bu haqda belaruslik jurnalist Vladislav Tatur xabar bermoqda.
"Jasur Yaxshiboyevning keyingi mavsumni Belarusda o‘tkazishi fakt emas: unga faol tarzda "Astana" qiziqish bildirmoqda", - deb yozadi Tatur telegram-kanalida.
Qayd etish kerakki, Yaxshiboyev Toshkentning "Paxtakor" klubiga tegishli va "Shaxtyor" safida ijara asosida o‘ynamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Astana" joriy mavsumda Qozog‘iston Premer-ligasi (QPL)da ketma-ket 6 chempionlikdan so‘ng oltin medallarini Almatining "Qayrat" klubiga topshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar