23:44 / 04.12.2020
3 335

Fazliddin G‘oibnazarov 5 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi

Fazliddin G‘oibnazarov 5 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi
Foto: Instagram/@rccboxing
Rio—2016 Olimpiadasi chempioni, hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan Fazliddin G‘oibnazarov (8-1, 5 KO) 5 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqada Fazliddinga armanistonlik Manuk Dilanyan (11-4, 4 KO) raqiblik qiladi.
Dilanyan besh yildan buyon prof boksda faoliyat yuritadi. U o‘zining vazn toifasida Armanistonning uchinchi raqamli bokschisi hisoblanadi. Bunga qadar WBC va WBA kamarlari uchun kechgan janglarda ishtirok etgan.

G‘oibnazarov va Dilanyan o‘rtasidagi jangga oid videolarni ushbu havola orqali kuzatib borish mumkin.
Bokschilar jang oldin vazn o‘lchash marosimida qatnashdi. Unga ko‘ra, G‘oibnazarov 67,7 kg, Dilanyan esa 67,6 kg vazn qayd etdi.

Foto: Instagram/@rccboxing
So‘nggi bor G‘oibnazarov 2019 yilning dekabr oyida jang o‘tkazgan va unda ukrainalik Vladislav Baranovni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov 5 dekabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi