O‘zbekiston Coca Cola Kubogi nimchorak finalining dastlabki uchrashuvi "Andijon" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasida kechdi va unda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi. Bunga erishdik, ammo osonlikcha emas. "Andijon" bugun har doimgidan yaxshiroq o‘ynaganini ta’kidlab o‘tish lozim. Balki, o‘zimiz ham bunga sharoit yaratib bergandirmiz.
Kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Uzun paslar bilan o‘ynashga harakat qildik. Boisi, kecha mashg‘ulot o‘tkazganimizda maydon holati yomon ahvolda ekanini ko‘rgan edik. Ko‘p vaziyatlar yarata olmadik, birgina vaziyat o‘yin taqdirini hal qilish uchun yetarli bo‘ldi.
Jadvalning quyi qismidan o‘rin olgan jamoalar bilan o‘yinlarda qiyinchilikka uchramoqdamiz. "Buxoro" bilan o‘yinlarda ham 4 ochko yo‘qotdik. Bu balki, ruhiyat bilan bog‘liqdir.
Biz hech qachon "Paxtakor" uchun ishlamaganmiz. Biz ularga futbolchi yetishtirib bermaymiz. Rahbariyatdan ham jamoa o‘zagini saqlab qolishni so‘ramoqdamiz", - dedi Berdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi