Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida 8 dekabr kuni “Kam Nou”da bo‘lib o‘tadigan “Barselona” – “Yuventus” bahsi oldidan mezbonlar ustozi Ronald Kuman Messi-Ronaldu dueli haqida gapirdi.
“Bu ikki futbolchining ko‘pdan buyon top-darajada ekanligi qoyilmaqom. Fikrimcha, Leo va Krishtianu so‘nggi 10-15 yillikning eng yaxshilari. Shu vaqt davomida ular muvaffaqiyatlarga erishishdi – bu esa aqlbovar qilmas darajada. Messi hamda Ronaldu bir-biridan farq qiladi, ammo ikkalasida ham gollar bo‘yicha ajoyib statistika, xet-triklar va titullar bor.
Ulardan qay birini yaxshiroq deyish noto‘g‘ri bo‘lardi, boisi ularning ikkisi ham zo‘r. Ulardan zavqlanaman, chunki ular bizga chiroyli gollarga boy ajoyib uchrashuvlarni taqdim etishgan. Keling undan ko‘ra ertaga tunda ularning o‘yinidan rohatlanamiz deb umid qilaylik”, deydi Kuman. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi