Parijda 2024 yilda o‘tadigan yozgi Olimpiada dasturiga skeytbording, qoyaga ko‘tarilish, serfing va breyk-dans kiritildi. Shu bilan birga, sportchilar sonini 10,5 minggacha qisqartirishga qaror qilingan.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bunday qarorni 7 dekabrdagi yig‘ilishida qabul qildi. 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchilar kvotasini 10,5 minggacha qisqartirishga qaror qilindi.
Kvotalar eng ko‘p og‘ir atletikada qisqartirilgan. XOQning bu qarori uning Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi borasidagi jiddiy xavotiri va ushbu sport turidagi dopinglar bilan bog‘langan.
“Og‘ir atletikaning 2024 yilgi Olimpiadada bo‘lishi masalasi XOQ tomonidan muntazam qayta ko‘rib chiqilmoqda”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, XOQda Xalqaro havaskorlik boksi assotsiatsiyasi tan olinishi to‘xtatilgani sababli bokschilar kvotasi ham jiddiy qisqartirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi