Foto: DAZN
Boks bo‘yicha og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasida WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-1-0, 22 KO) navbatdagi jangini 12 dekabr oqshomida bolgariyalik bokschi Kubrat Pulevga (28-2-0, 14 KO) qarshi o‘tkazdi.
Londonda o‘tgan boks kechasining asosiy jangi 9 raund davom etdi. Jang ehtiyotkorlik bilan boshlangan bo‘lsa ham Joshua 3-raundga kelib Pulevni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. Keyingi raundlarda ham britaniyalik bokschi faollikni tushirmadi.
9-raundga kelib Entoni Kubratni kuchli zarbalari orqali avvaliga nokdaun holatiga tushirdi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Joshua juda kuchli zarbasi bilan bolgariyalik bokschini chuqur nokaut holatiga solib qo‘ydi. Shu tariqa 12 raundga mo‘ljallangan chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi.
Bu jangdagi g‘alaba orqali Entoni Joshua WBA, WBO, IBF va IBO yo‘nalishlarida chempionlik kamarlarini himoya qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi