date

O‘FF Asqar Tolibjonov va Rustam Akramovni qattiq ogohlantirdi

O‘FF Asqar Tolibjonov va Rustam Akramovni qattiq ogohlantirdi

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyati Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va texnik direktori Rustam Akramovni qattiq ogohlantirdi.

Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federasiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O‘zbekiston terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov va texnik direktor Rustam Akramovga futbolchilarni Tailanddagi “Qirol Kubogi” musobaqasiga ma’nan, ruhan va jismonan etarli darajada tayyorlay olmaganligi, terma jamoada intizomni mahkam tutmaganligi, shuningdek, xalqaro OAVning tanqidiy chiqishlariga sababchi bo‘lganliklari uchun qattiq ogohlantirish oldilar”, – deyiladi O‘FF xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Tailanddagi “Qirol Kubogi” musobaqasi doirasida O‘zbekiston – Janubiy Koreya (0:1) uchrashuvida o‘zbekistonlik Tohir Shamshitdinov raqibining yuziga uchta musht tushirgan, ushbu holat xalqaro matbuot tomonidan ham keskin tanqidlar bilan kutib olingandi.

Avvalroq, ushbu mojaro sabab O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov iste’foga chiqarilgani, mojaro ishtirokchisi Tohir Shamshitdinov esa bir yilga futboldan chetlatilgani haqida xabar berilgandi.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘FF Asqar Tolibjonov va Rustam Akramovni qattiq ogohlantirdi