"Jenoa" ustozi Rolando Maran Italiya A Seriyasi 11-turi "Yuventus"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.
"Biz "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda "Jenoa"ning klassik o‘yinlaridan birini ko‘rsatmoqchimiz. Ikkala jamoa o‘rtasida farq bor albatta, ammo biz jamoaviy ruh orqali o‘yinni yutishga harakat qilamiz. Muxlislar bugungi bahsda katta yordam berishlari mumkin edi, biroq bugun bor kuchimiz bilan o‘ynab, natija qayd etishimiz kerak.
Ular bugungi bahsda yetakchilikni qo‘lga olishi va o‘ziga ishonishlari uchun kataloniyadagi g‘alaba katta ahamiyat kasb etadi deb o‘ylamayman. O‘z navbatida bizning o‘yinimizga ham "Yuve"ning natijalari va turnir jadvalidagi o‘rnimiz ta’sir qilmasligi kerak. Chempionatdagi egallab turgan pog‘onamiz o‘yinimiz bilan birga asta sekin yaxshilanib boradi", - deydi Maran.
Turinliklar Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Klub ushbu g‘alabadan keyin Genuyaga tashrif buyurmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi