
Foto: Twitter
Professional boksning o‘rta vazn toifasida (-72,5 kg) IBO hamda IBF chempionlik kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin (41-1-1, 36 KO) 19 dekabr tongida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Golovkin polshalik yengilmas bokschi Kamil Sheremetaga (21-1, 5 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda qozog‘istonlik bokschi ustunlikka ega bo‘ldi va 7 raund davomida raqibini to‘rt bor nokdaun holatiga tushirdi.
8-raund oldidan Sheremetaning murabbiylari jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. Shu tariqa Golovkin IBO va IBF chempionlik kamarlarini himoya qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar