Italiya chempionati 14-turi "Spetsiya"ga qarshi o‘yin oldidan "Jenoa" ustozi Davide Ballardini o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Genuyaga doimo ulkan hissiyotlar bilan qaytaman. Hozir menda katta mas’uliyat va mashg‘ulotlar uchun ishtiyoq bor. Bu maydon - bizning hayotimiz.
Jamoa muxlislari meni inson va murabbiy sifatida qadrlashadi, chunki ular mening timsolimda toza, halol, qobiliyatli, oqko‘ngil, samimiy va uyatchan odamni ko‘rishadi, rostdan ham biroz uyatchan va qo‘polroqman. Balki, ular genuyaliklarga o‘xshash jihatlarim uchun ham hurmat qilishar?
Jamoani ikki kundan buyon shug‘ullantiryapman. Bugun to‘liq tarkibda mashg‘ulot o‘tkazgan birinchi kunimiz bo‘ldi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, barchamiz o‘yinni yaxshi o‘tkazmoqchimiz, chunki faqat shu yo‘l bilan raqobatbardosh bo‘lishimiz va bundan zavqlanishimiz mumkin.
Futbolchilarning texnik imkoniyatlarini barchamiz bilamiz, ammo men uchun ular o‘zlarini qanday tutishi, maydondagi harakati va kundalik hayotdagi g‘oyalari ham muhim.
Turnir jadvaliga e’tibor berishga majburmiz. Bu barchani ranjitishi aniq, shuning o‘zi yaxshi tomonga o‘zgarishimiz uchun turtki bo‘lishi kerak. Agar hammamiz mas’uliyatni his qilsak biron nimani o‘zgartira olamiz", - deydi Ballardiini. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi