Shota Arveladze bir necha kun avval "Paxtakor"ni tark etdi. Uning oldida ko‘plab takliflar bor. Turkiya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlardan.
Davron Fayziyev “Paxtakor” va gruziyalik murabbiy nega shartnomani uzaytirmagani va unga qaysi jamoadan qiziqish borligini bilishi haqida gapirdi.
- “Paxtakor” va Arveladze nega hamkorlikni davom ettirmaganiga men ham hayronman. Nima bo‘ldi?
Bunga birinchi taxminiy sabab, menimcha, unga yaxshi taklif tushdi. Qaysi mamlakat va qaysi klubdan taklif tushganini bilaman. Faqat buni oshkor qilishni xohlamasdim. Chunki u haqda bilgan odamlar bu ma’lumotni menga ishonib bergan. Lekin bilamanki, taklif moddiy jihatdan rad etib bo‘lmaydigan darajada. Nomzod shunday taklif beradigan kuchli. Buni endi Shota Arveladzening yangi klubi e’lon qiladi yoki “Paxtakor” matbuot xizmati gruziyalik murabbiy bilan xayrlashuv xabarini chop etgan holda, Arveladzening o‘sha jamoadagi faoliyatida omad tilaymiz, deyishi mumkin.
Ikkinchi sabab, bu unchalik yaxshi bo‘lmagan jihat. Bu haqiqatdan yiroq. Balki “Paxtakor” tejamkorlikka o‘tgandir. Shotaning maoshi katta edi. Endi talabi kamroq mutaxassisni jalb qilishni maqsad qilgandir.
Uchinchi sabab, balki rahbariyatni natija qoniqtirmagandir. Lekin ichki musobaqalarda barcha sovrinlar qo‘lga kiritildi. Ularga Osiyo Chempionlar ligasi kerakdir.
Bu uch sababdan dastlabkisi katta ehtimol, oxirgisi esa foizi kamrog‘i. Yuz foiz aniq shu sabab, deb aytish qiyin, - dedi Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi