Shota Arveladze shartnomasi yakunlanganidan so‘ng "Paxtakor"ni tark etdi. Gruziyalik mutaxassis klubdan ketganini va barchaga rahmat aytib, xayrlashuv maktubini ham yozdi. Ammo toshkentliklar matbuot xizmati uning jamoani tark etgani borasida hech narsa demadi. Hozir "sherlar" Arveladzeni ortga qaytarishga harakat qilmoqda. Shu bois ham bu borada yakuniy xabar chop etilmagan.
SPORTS.uz saytiga ma’lum qilishlaricha, agarda "Paxtakor" Shota Arveladze bilan kelisha olmasa, uning yordamchisi Peter Xyuistra jamoaga ustozlik qilishi mumkin. Shuningdek, ushbu lavozimga Samvel Babayan nomzodi ham yo‘q emas. Samvel Babayanning "Navbahor" klubi bilan o‘tkazgan muzokarasi to‘xtadi. Bu esa unga yana sobiq jamoasiga qaytish imkoniyatini yaratadi. Ushbu ikki murabbiy Arveladzening o‘rnini egallashi uchun asosiy da’vogar bo‘lishi mumkin.
Qolaversa, Mirjalol Qosimov va juda kichik ehtimol bilan Roziqul Berdiyevning "sherlar" ustoziga aylanish tahminlari ham yo‘q emas. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi