20:33 / 13.01.2021
2 586

“Jenoa” muxlislari Shomurodovdan Ronalduni to‘xtatishni so‘ramoqda!

“Jenoa” muxlislari Shomurodovdan Ronalduni to‘xtatishni so‘ramoqda!
Bugun tunda Italiya kubogi nimchorak finali doirasida “Yuventus” o‘z maydonida “Jenoa” futbolchilarini qabul qiladi. “Jenoa”ga yangi bosh murabbiy – Davide Ballardini kelishi bilan jamoa o‘yinidagi o‘zgarishlarni his qilgan genuyalik muxlislar bugungi o‘yinda o‘z futbolchilaridan ijobiy natija umid qilmoqda. Ular jamoa muvaffaqiyatini ta’minlashda asosiy rolni Eldor Shomurodov bajarishiga ishonch bildiryapti.

E’tiboringizga italiyaliklarning “Yuventus”ga qarshi uchrashuv oldidan Eldor Shomurodov borasida bildirgan fikr-mulohazalarini havola qilamiz.

Andrea Mattia:
Albatta, “Yuventus” juda kuchli. Lekin ularga gol urish mumkin. Ayniqsa, jamoangda Eldor Shomurodov va Mattia Destro singari zo‘r hujumchilar bo‘lsa!

Daniele De Falco:
Agar Shomurodov “Yuventus”ga gol ursa, men Rimga borib, O‘zbekiston elchixonasiga uchrayman va shunday futbolchi uchun ularga minnatdorlik bildirib kelaman.

Enrico Nenci:
Shomurodov “Yuventus”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Mana endi turinliklarga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsatish vaqti ham keldi.

Alessandro Bruno:
Oxirgi uchta uchrashuvda Eldor golli vaziyatlarda bevosita ishtirok etdi. “Yuventus” bilan bo‘ladigan o‘yinda ham bu holat takrorlanishini xohlaymiz.

Diego Canali:
Dastlabki oylarda Shomurodov haqidagi maqtovlarni istehzo bilan o‘qirdim. Men ularni o‘zbeklar o‘z futbolchisini qo‘llab-quvvatlash uchun feysbuk sahifasiga joylayapti, deb o‘ylardim. Hozir esa, o‘zim ham Eldorga juda qattiq ishonyapman. U haqiqatan yaxshi futbolchi ekan.

Marchino Maz:
“Yuventus”ga qarshi o‘tgan o‘yinda Shomurodov Ronaldudan to‘pni olib qo‘ygani o‘sha uchrashuvning eng yorqin vaziyati bo‘lgan edi. Bugun ham o‘zbek futbolchisi Ronalduni to‘xtatib qolishiga umid qilamiz.

Andrea Vitello:
Zo‘r o‘yin kutyapman. Bugun yutqazishimiz mumkin, lekin uchrashuv murosasiz o‘tadi. “Yuventus”da Krishtianu uchta gol ursa, bizda Shomurodov va Destro darvozani ishg‘ol qiladi.

Massimo Papini:
O‘zbek hujumchisi bu bas'hda boshqacha ishtiyoq bilan o‘ynaydi. Eldor “Yuventus”ga o‘tishi mumkin. Bo‘lajak to‘qnashuvda u Andrea Pirloga Alvaro Moratadan kuchliroq ekanini ko‘rsatib qo‘yishi kerak. Pirlo uni transfer qilishini so‘rasin!

“Yuventus” – “Jenoa” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Jenoa” muxlislari Shomurodovdan Ronalduni to‘xtatishni so‘ramoqda!