Ispaniya Superkubogi. «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi final bo‘lmaydi

Ispaniya Superkubogi. «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi final bo‘lmaydi
Foto: Marca
Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarimfinalida «Atletik» B turnirning va La Liganing amaldagi chempioni «Real»ni mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi.

Bilbao klubi 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yinda «Barselona»ga qarshi to‘qnash keladi. Ma’lumot o‘rnida, kataloniyaliklar yarimfinalda «Real Sosyedad»dan (1:1, penaltilar seriyasi — 3:2) ustun kelishgandi.

Ispaniya Superkubogi, 1/2 final

Real Madrid — Atletik 1:2
Gollar:
Benzema (73) — Raul Garsiya (18, 38 penalti).
Real – Kurtua, Varan (Nacho, 46), Mendi, Ramos, Vaskes, Kroos, Modrich (Valverde, 67), Azar (Vinisius Junior, 67), Kazemiro, Asensio, Benzema (Mariano, 88).
Atletik – Unai Simon, Balensiaga (Morsilo, 79), Martines, Kapa (Lekue, 68), De Markos, Raul Garsiya (Vilyalibre, 79), Vensedor (Vesga, 68), Muniain (Berenger, 71), Dani Garsiya, Nunyes, Uilyams.
Ogohlantirishlar: Vaskes (37), Kapa (56), Kroos (83), Dani Garsiya (84), Unai Simon (89).

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar