Hozirgina BAAning Abu-Dabi shahrida “UAE Warriors” promousheni tomonidan tashkil etilagan jang kechasida oktagonga ko‘tarilgan yurtdoshimiz Avliyoxon Hamidov chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritdi. U kanadalik jiddiy raqib Lui Jordeyn bilan ajoyib uch raundni o‘tkazdi.
Raundlar mobaynida “teyk-daunlardan unumli foydalangan yurtdoshimiz haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bu turnir UFCning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov xotirasi uchun o‘tkaziladi. Faxriy mexmonlar, Habib Nurmagomedov hamda UFC promousheni prezidenti Dana Uayt ham ushbu jangni bevosita kuzaib bordi.
Jahongir Qoraboyev shogirdi hisoblanuvchi Avliyoxon Hamidov faoliyatidagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uch mag‘lubiyat va bir durang ham qayd etgan. Ahamiyatlisi, Hamidov so‘ngi 5 jangini g‘alaba bilan yakunlagan. Kanadalik jangchi esa 7 bora jang o‘tkazib, ularning 5 tasida zafar quchgan va ikki bor mag‘lubiyatga uchragan edi. Ushbu jang uning uchun sakkizinchisi va uinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda