Eldor Shomurodovga "Yuventus" jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edik. Avvalroq, "Tuttosport" o‘z sahifasida bu haqda yozgandi. Endi yana bir mashhur portal hamyurtimizga Italiyaning amaldagi chempioni qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.
"Xabarlarga ko‘ra, "Yuventus" hujumchi Eldor Shomurodov borasida "Jenoa" bilan bog‘langan. "Calciomercato.com"ning ta’kidlashicha, "byankonerilar" 2020 yil oktabr oyida "Rostov"dan 7,5 mln yevro evaziga kelgan hujumchi transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.
A Seriyadagi 12 o‘yindan so‘ng, 25 yoshli forvard 2 ta gol va 1 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi, ammo "grifonlar" vakilining o‘yini Italiya chempionati grandlarini hayratda qoldirdi. Xabarda aytilishicha, 4-hujumchi qidirayotgan "Yuventus" qishdayoq o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi", - deyiladi "Football Italia" xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas