Bir oy muqaddam “SKA-Xabarovsk” bosh murabbiyi Sergey Yuranning ommaviy axborot vositalarida “Spartak”ning o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runovning yoshi 4-5 yilga kichraytirilgani haqidagi iddaosi ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
Bu masalaga Oston O‘runov to‘p surgan klublar, shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiya tomonidan munosabat bildirildi, raddiyalar berildi, isbot talab qilindi va Yuran rasman uzr so‘rashi kerakligi aytildi. Shuningdek, mustaqil jurnalistlar ham masalani to‘liq o‘rganib, o‘zbek futbolchisining hujjatlari arxivlardan tekshirilgani va uning yoshi kichraytirilmaganini isbotladi.
Sergey Yuran bu mavzu chuqurlashib ketganidan keyin u o‘zbekistonlik hamkasblari bilan gaplashib turishi va aynan ular O‘runovning yoshi kichraytirilgani haqida ma’lumot berganini aytish bilan cheklandi xolos. Ya’ni, tajribali mutaxassis o‘zining aybloviga birorta isbot keltira olmadi.
Aslida o‘tmishning mashhur futbolchisi bo‘lgan Sergey Yuran o‘ylamay gapirishi tufayli ilgari ham jarimaga tortilgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Nihoyat, Rossiya futbol ittifoqining Etika qo‘mitasi Sergey Yuran ko‘targan mavzu bo‘yicha o‘z tekshiruvini o‘tkazdi. Natijada rossiyalik murabbiy jazolanadigan bo‘ldi. Rossiya futbol ittifoqi Etika qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sergey Yuran Oston O‘runovning yoshi kichraytirilgani haqida dalil-isbotsiz ma’lumotlarni iddao qilgani uchun 250 ming rubl miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Rossiya futbol ittifoqi Etika qo‘mitasi a’zosi Andrey Sozin Sergey Yurangan qo‘llanilgan jarimani quyidagicha izohladi.
- Yuran 250 ming rubl miqdorida jarima to‘lashi kerakligi belgilandi. Qaror amalda bir ovozdan tasdiqlandi. Bu jarayonda Yuranning o‘zi ham bor edi va o‘z pozitsiyasini bayon qildi. Lekin baribir qilmishini to‘laligicha his etgani yo‘q, - dedi Andrey Sozin.
Etika qo‘mitasi qarorii yuzasidan “Spartak” klubi o‘z pozitsiyasini bildirdi.
- Biz o‘zaro hurmat va etika meyorlariga a’mal qilinishi tarafdorimiz, - dedi “Spartak”ning jamoatchilik bilan aoqalar departamenti rahbari Anton Fetisov.
Hujjatlarga ko‘ra, Oston O‘runov 2000 yilning 19 dekabr kuni Navoiyda tug‘ilgan. “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi. 2017 yildan boshlab, “Navbahor” klubi sharafini himoya qilgan. U aynan Namanganda professional futbolchi sifatida shakllandi. Vodiy jamoasida jami 51 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasiga uchta gol urdi.
Iste’dodli yarim himoyachi 2019 yilning iyulida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga qabul qilindi. Poytaxt “temiryo‘lchilari” safida 13 ta o‘yinda raqib darvozasini bir marotaba ishg‘ol qildi.
2019 yilning 2 iyunida Turkiyaga qarshi o‘tkazilgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini nishonladi. Keyin KXDR, Suriya va Iroq terma jamoalariga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlarda ham maydonga tushdi.
Oston O‘runov 2020 yilning fevralida “Ufa”ga ko‘chib o‘tdi. Ufaliklar tarkibida o‘nta uchrashuvni yuqori darajada o‘tkazgan iste’dodli yarim himoyachi yozgi transferlar vaqtida “Spartak” bilan besh yillik shartnomaga imzo chekdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas