
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze saytimiz tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekcha futbol" loyihasida mehmon bo‘ldi va Superliganing amaldagi chempioni "Paxtakor"da yuz berayotgan o‘zgarishlar xususida so‘z yuritdi:
- "Peter Xyuistra jamoaga begona emas. Shota bilan birgalikda ancha vaqt ishladi. U jamoaning ichida bo‘lgan: struktura, klubdagi vaziyat va futbolchilar holati haqida yetarlicha ma’lumotga ega. Balki, Arveladzening o‘zi ham uni taklif qilib ketgandir. Eshitishimcha, murabbiylar shtabi jamoada qolgan.
Futbolchilarning ketishi haqida gapiradigan bo‘lsak, balki, rostdan ham moliyaviy to‘kislik avvalgidek emasdir. Ammo yetakchilarga chet eldan takliflar borligini shundoq ham bilardik. Ammo Shota ularga ruxsat bermagan. Balki, Xyuistra yoshlar bilan ishlamoqchidir. "Paxtakor"da ketganlar o‘rnini to‘ldira oladigan darajada salohiyatli yoshlar mavjud", - dedi Kapadze. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar