BATE bosh murabbiyi Aleksandr Lisovskiy "Isloch"ga qarshi kechgan o‘yinda debyut qilgan hamyurtimiz Shahboz Umarov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Uning oyog‘i yengil. Bunday futbolchilar ilk uchrashuvdayoq ajralib turadi. Umarov yaxshi yigit va bundanda samarali harakat qilishga qodir.
U chapda o‘ynaydimi yoki o‘ngda? Bu muhim emas. Shuni ta’kidlash kerakki, raqibning himoyasida 2003 yilda tug‘ilgan futbolchi harakat qildi va Shahboz qanday qarshilikka uchraganini aniqlash kerak. O‘ylashimcha, birinchi bo‘limda "Isloch" himoyasida nisbatan tajribaliroq futbolchilar to‘p surgan edi.
Shunday ekan, hali uning o‘yinlarini baholashga erta. U iqtidorli futbolchi va maydonda o‘zgacha fikrlaydi. Bu juda muhim", - dedi Lisovskiy.
Eslatib o‘tamiz, Shahboz Umarov "Isloch"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, jarima zarbasidan chiroyli gol kiritgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas