20:55 / 24.01.2021
4 047

"Jenoa" minimal hisobda g‘alaba qozondi, Shomurodov esa...

"Jenoa" minimal hisobda g‘alaba qozondi, Shomurodov esa...
Italiya A Seriyasi 19-turidan o‘rin olgan "Jenoa" - "Kalyari" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuvda mezbonlar sardiniyaliklarni minimal hisobda mag‘lub etishdi.

O‘yindagi yagona golga 10-daqiqada Mattia Destro mualliflik qildi. Shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa 76 daqiqa maydonda harakat qilgach, Marko Pyatsaga almashtirildi. Umuman olganda u yaxshi o‘yin o‘tkazdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Jenoa" o‘z ochkolari sonini 18 taga yetkazib olgan holda 16-o‘rinda bormoqda. "Kalyari" esa xavfli hududga tushib ketishga ulgurdi.

Jenoa – Kalyari 1:0
Gol:
Destro 10'
Jenoa – Perin, Krishito, Zappakosta, Masello, Chiborra (Ongene, 56), Strotman (Bexrami, 63), Radovanovich, Badel, Zays (Melegoni, 77), Destro (Pandev, 63), Shomurodov (Pyatsa, 77).
Kalyari – Krano, Likoyannis, Godin, Zappa, Cheppitelli, Dankan (Sottil, 70), Nainggolan, Marin, Nandes, Joao Pedro, Simeone (Cherri, 70).
Ogohlantirishlar: Destro (18), Nandes (20), Zappa (85).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" minimal hisobda g‘alaba qozondi, Shomurodov esa...