Bedana tuxumi nega tovuq tuxumiga qaraganda foydaliroq?

Sport1 daqiqa o'qish3.5K
Bedana tuxumi nega tovuq tuxumiga qaraganda foydaliroq?
Foto: «Artfile.ru»
Bedananing tana harorati 42 daraja bo‘lgani uchun hech qachon yuqumli kasalliklardan, jumladan, salmonellyozdan qiynalmaydi. Bundan chiqdi, tovuq tuxumidan farqli o‘laroq ularni bemalol xomligicha iste’mol qilishimiz hamda ko‘proq oziqlantiruvchi moddalarni olishimiz mumkin.

Agar bolada diatez bo‘lsa, bedana tuxumi ayni muddao! Undan bolalar ozuqasida foydalansangiz, tananing kalsiyga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirasiz.

Tovuq tuxumi bilan taqqoslaganda, bedana tuxumida V1 va V2 vitaminlari 2,5 baravar, kaliy, temir, boshqa mikroelement va aminokislotalar 5 baravar ko‘proq.

Bedana tuxumi po‘chog‘i tarkibi odam suyagi tarkibiga to‘g‘ri keladi. Tuxum po‘chog‘i ilikning qon hosil qilish funksiyasiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, anemiya va raxitda foydali.

Tuxum po‘chog‘i suvni xlor va og‘ir metallardan yaxshi tozalaydi, kislota-ishqor muvozanatini tiklaydi. Atigi 10 kun tuxum po‘chog‘i kukunini qabul qilsangiz, surunkali oshqozon og‘rig‘idan qutulishingiz, teridagi yara va kuygan jarohatlarning bitishini tezlashtirishingiz mumkin.

Bedana tuxumi po‘chog‘i sich va tirnoqlar uchun ham foydali. Noyabrdan martgacha kuniga 1 mahal kechasi 1/3 choy qoshiqdan tuxum po‘chog‘i va 2 kapsuladan baliq yog‘i qabul qilish tavsiya etiladi. Shu tariqa immunitetingizni ko‘tarib olasiz.

Muntazam bedana tuxumi qabul qilish orqali odam o‘zini mastopatiyadan himoya qiladi. Bu saraton o‘smalari profilaktikasi uchun ajoyib vosita. Negaki ular zaiflashgan immunitet fonida rivojlanadi! Nerv tizimi buzilganda, shuningdek, kamqonlik, gipertoniya, qandli diabet va bronxial astmada bedana tuxumini iste’mol qilish lozim. Ayniqsa, homilador ayollarning qabul qilishi nihoyatda muhim. Negaki, tish kasalliklaridan asraydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?