Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 20-turida «Manchester Yunayted» 27 yanvar, chorshanba kuni «Sheffild Yunayted»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 23-daqiqasida mehmonlar Kin Brayanning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. 64-daqiqada Harri Maguayr hisobni tenglashtirdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib Oliver Berk manchesterliklar himoyasidagi tartibsizlikdan unumli foydalandi va «Sheffild»ning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqt Ole-Gunnar Sulsher shogirdlarining kuchli bosimi ostida o‘tdi, biroq maydon egalari vaziyatni o‘nglay olmadi.
Shu tariqa «Manchester Yunayted» 40 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi va «Manchester Siti»ni (41) ortda qoldirish imkoniyatini ko‘kka sovurdi. «Sheffild» esa mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi, jamoa 8 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Yana bir uchrashuv «Everton» va «Lester» jamoalari o‘rtasida kechdi. Avvaliga Xames Rodriges mersisaydliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, bunga «tulkilar» Yuri Tilemansning goli bilan javob qaytardi.
«Manchester Yunayted» — «Sheffild Yunayted» 1:2
Gollar: 0:1 – 23 Brayan, 1:1 – 64 Maguayr, 1:2 – 74 Berk.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Tuanzebe (van de Bek, 83), Telles (Shou, 82), Maguayr, Uan-Bissaka, Pogba, Brunu Fernandesh, Matich, Reshford, Grinvud (Kavani, 66), Marsyal.
«Sheffild Yunayted»: Remsdeyl, Ampadu, Jagelka, Bashem, Boldok, Norvud, Flek, Landstryom, Brayan (Bogl, 53), Makgoldrik (Bryuster, 80), Sharp (Berk, 70).
Ogohlantirishlar: Landstryom (40), Tuanzebe (45). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi