08:01 / 03.02.2021
1 949

«Yuventus» Ronalduning dubli evaziga «Inter» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

«Yuventus» Ronalduning dubli evaziga «Inter» ustidan irodali g‘alabaga erishdi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining yarim final ilk uchrashuvi doirasida «Inter» 2 fevral, seshanba kuni «Yuventus»ni qabul qildi.
Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq Lautaro Martines milanliklarni oldinga olib chiqdi. 26-daqiqada Krishtianu Ronaldu muvozanatni tikladi. 35-daqiqada portugaliyalik futbolchi dublini nishonlagan holda turinliklarning ikkinchi golini urdi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va Andrea Pirlo shogirdlari dastlabki o‘yinda g‘alaba qozondi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin 9 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

«Inter» — «Yuventus» 1:2
Gollar:
1:0 – 9 Martines, 1:1 – 26, penalti Ronaldu, 1:2 – 35 Ronaldu.
«Inter»: Handanovich, Darmian, de Vrey, Shkrinyar, Yang (Perishich, 66), Vidal (Eriksen, 73), Barella, Sanches, Brozovich (Sensi, 85), Bastoni (Pinamonti, 85), Martines.
«Yuventus»: Buffon, Demiral, de Ligt, Aleks Sandro, Kuadrado, Makkenni (Kellini, 90), Rabo, Kulusevski (Keza, 90), Bentankur (Artur, 76), Bernardeski (Danilo, 69), Ronaldu (Morata, 77).
Ogohlantirishlar: Demiral (14), Yang (25), Aleks Sandro (32), Vidal (38), Ronaldu (45), de Ligt (47), Artur (86), Sanches (90), Morata (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» Ronalduning dubli evaziga «Inter» ustidan irodali g‘alabaga erishdi