2 475
Boshida musobaqaga qiziqishimiz past edi, "Bunyodkor" bilan hali yangi shartnoma tuzmadim - Lutfulla To‘rayev
“Bunyodkor” klubi Farg‘onada o‘tkazilgan “Hokim Kubogi” musobaqasida ilk bor ishtirok etib, yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Jamoa yetakchisi Lutfulla To‘rayev esa doimgidek “Bunyodkor”dagi eng faol o‘yinchilardan biri bo‘ldi. Bu orqali u yangi mavsumga yaxshi sport formasida kirib borayotganini ko‘rsatib bermoqda. Buning ustiga Vadim Abramov uni yana terma jamoa yig‘iniga jalb etdi. Farg‘onadagi turnirdan keyin u sports.uz uchun taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Hokim Kubogi” turniridagi g‘oliblik xususida
- Xudoga shukr, finalda g‘alaba qozondik. Bu muvaffaqiyat bizga boshqacha tuyuldi. Yilni sovrin bilan boshladik. Ilohim, bu davomli bo‘lsin. Jamoamizni mazkur musobaqaga taklif qilgani uchun Farg‘ona viloyati hokimiga rahmat aytamiz. Turnir yaxshi saviyada o‘tdi. Tan olamiz, boshida ushbu turnirga qiziqishimiz pastroq edi. Ishtaha ovqat paytida keladi deyishganidek, guruhdan chiqqanimizdan keyin ishtiyoqimiz kuchaydi. Futbolchilar bilan Kubokni yutmasak bo‘lmasligini gaplashib olgandik. Mana, musobaqa g‘olibiga aylandik. Har qanday musobaqa yoki Kubok bo‘lishidan qat’iy nazar unda g‘olib chiqish baribir insonga boshqacha zavq beradi.
Klubdagi qarzdorliklar bartaraf etildimi?
- “Bunyodkor”da yana rahbariyat o‘zgarganini bilsangiz kerak. Mana, yaqinda Ulug‘bek aka Mirzayev qaytdi. O‘tgan yilning hisobidan birgina dekabr oyi uchun maoshlar qolgan. Shuningdek, har bir g‘alaba uchun beriladigan bonuslar ham turibdi. Lekin mablag‘ masalasida yaxshi tomonga o‘zgarishlar bor. Yana ozgina vaqtdan keyin barchasi to‘liq bartaraf etiladi, deb o‘ylayman.
“Bunyodkor”dagi taqdiri nima bo‘ladi?
- Mening masalam haligacha ochiq turibdi. “Bunyodkor” bilan hozircha yangi shartnoma tuzganim yo‘q. Menga qiziqish bildirayotgan klublar bor, ammo bunga to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman. Ikki-uch kun ichida mavsumni qaysi klubda boshlashim hal bo‘lib qoladi. Balki “Bunyodkor”da qolarman, balki ketarman. “Bunyodkor”ga esa qaysi murabbiy kelishini bilmayman. Buni biz emas, rahbarlar hal qiladi.
Terma jamoaga navbatdagi chaqiruv to‘g‘risida
- Raqobat bor joyda har doim o‘sish bo‘ladi, deyishadi. O‘zbekistonni yuqori cho‘qqilarga olib chiqishga harakat qilamiz. Hamma muxlislarning orzulari ushalishiga bor kuchimizni sarflaymiz. Chunki bu orzuning ro‘yobga chiqishini anchadan beri kutishyapti. Tashkil etilayotgan yig‘inlar orqali o‘yin amaliyotimizni yanada yaxshilash ustida ishlaymiz. Nazorat uchrashuvlari ham albatta foydadan holi bo‘lmaydi. Legionerlarimiz tarkibda kamroq, agar xorijda to‘p surayotgan boshqa o‘yinchilarimiz ham kelganlarida yaxshi bo‘lardi. Ayniqsa, tarkibda barcha futbolchilar yig‘ilganda yanada qulay bo‘lardi, deb o‘ylayman.
Shuhratbek Jo‘rayev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi