08:20 / 08.02.2021
1 472

«Manchester Siti» 5 ta gol urilgan o‘yinda «Liverpul»ni yirik hisobda taslim etdi

«Manchester Siti» 5 ta gol urilgan o‘yinda «Liverpul»ni yirik hisobda taslim etdi
Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 23-turida «Liverpul» va «Manchester Siti» jamoalari 7 fevral, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 37-daqiqada «shaharliklar» oldinga o‘tib olishi mumkin edi, biroq Ilkay Gundo‘g‘an penaltidan unumli foydalana olmadi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Gundo‘g‘an mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Muhammad Saloh o‘zi ishlab olgan penaltini golga aylantirdi. Oradan ko‘p o‘tmay «Liverpul» darvozaboni Alisson Bekkerning ketma-ket xatolari ikkita golga olib keldi. 73-daqiqada Gundo‘g‘an dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Rahim Sterling jamoasining uchinchi golini urdi.

83-daqiqada Fil Foden qanotdan jarima maydoniga yorib kirgan holda darvozani aniq nishonga oldi va o‘yinga chiroyli nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan keyin «Manchester Siti» ochkolarini 50 taga yetkazib oldi va yakka peshqadamlikda davom etmoqda. Bitta zaxira o‘yiniga ega Pep Gvardiola shogirdlari eng yaqin ta’qibchi «Manchester Yunayted»ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Liverpul» esa 40 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada qoldi.

«Liverpul» — «Manchester Siti» 1:4
Gollar:
0:1 – 49 Gundo‘g‘an, 1:1 – 63, penalti Saloh, 1:2 – 73 Gundo‘g‘an, 1:3 – 76 Sterling, 1:4 – 83 Foden.
«Liverpul»: Alisson, Fabino, Aleksander-Arnold, Robertson (Simikas, 85), Jons (Milner, 68), Tiago Alkantara (Shakiri, 68), Saloh, Veynaldum, Mane, Henderson, Firmino.
«Manchester Siti»: Ederson, Stounz, Ruben Diash, Joau Kanselu, Zinchenko, Foden, Gundo‘g‘an, Sterling, Rodri, Mahrez (Gabriel Jezus, 72), Bernardu Silva.
Ogohlantirishlar: Tiago Alkantara (3), Ruben Diash (62), Fabino (70).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» 5 ta gol urilgan o‘yinda «Liverpul»ni yirik hisobda taslim etdi