
Foto: Instagram
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov professional futbolda faoliyat yuritish borasidagi savolga javob qaytardi.
- "Shunday istak bor, bu bolalikdagi orzum. Futbol — sport qirolichasi. Kimlar bilan suhbatlashmadim deysiz — UYEFA prezidenti Cheferin, PSJ rahbari bilan. Ko‘pchilik bilan gaplashdim, buni Krishtianu bilan ham muhokama qildik.
«Spartak» — ajoyib variant, biroq bu mahalliy daraja. Orzumdagi jamoa — bu «Real».
O‘z xohishim bilan 90 daqiqa to‘liq ko‘rgan ilk o‘yinim — bu «Real» va «Yuventus» o‘rtasidagi 1998 yilgi YECHL finali. O‘shanda Miyatovich ofsayddan gol urgandi. Biroq biz «realchilar»miz, buni qabul qilmaymiz", - deydi Habib Nurmagomedov.
Avvalroq rossiyalik yakkakurashchi faoliyatini professional futbolda davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktabr oyida Habib Jastin Getjiga qarshi jangdagi g‘alabadan keyin MMA’dagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar