
O‘z davrining mashhur futbolchisi bo‘lgan Andrey Kanchelskis “Manchester Yunayted”dagi jamoadoshlaridan biri Brayan Robson haqida gapirdi.
- “Manchester Yunayted”da ichkilikka ruju qo‘ygan o‘yinchi Brayan Robson edi. U boshqalarga qaraganda, bir necha barobar ko‘p ichardi. Shu holda mashinasini minib, uyiga ketardi. Uchrashuvdan keyin ichkilik ichish odat edi. Bu holat hozir ham bor, - dedi Kanchelskis.
Ta’kidlash joizki, rossiyalik futbolchi MYU safida to‘rt yil, Brayan Robson esa 13 yil to‘p tepgan.
Andrey Kanchelskis murabbiylik faoliyati davomida “Navbahor”ni ham boshqardi. O‘tgan mavsum namanganliklar qoniqarsiz natijalar tufayli uni iste’foga chiqargan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar