
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahridagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlaridan o‘rin olgan 3-nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Soligorskning "Shaxtyor" jamoasiga qarshi maydonga tushgan Abramov shogirdlari 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
"Konchilar" safida gollarga Kendish, Okeuchi hamda Shindagoridze mualliflik qildi. Dastlab, jarima maydonimizdagi sarosimali vaziyatdan foydalangan Kendish hisobni ochgan bo‘lsa, darvozabonimizning qo‘pol xatosidan keyin to‘pni qabul qilib olgan Okeuchi hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. "Konchilar"ning uchinchi golini ikkinchi taymda Shindagoridze kiritdi.
Shu tariqa, Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ Dubay yig‘inidan o‘rin olgan 3-nazorat o‘yinida yirik hisobda yutqazdi. Avvalroq, "oq bo‘rilar" "Zenit" bilan o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchrab, Iordaniya MTJ ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Ma’lumot uchun, "Shaxtyor" tarkibidagi legionerimiz Shahzodbek Ubaydullayev ikkinchi taymda maydonga tushdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar