09:13 / 23.02.2021
1 962

Toshkentda super professional boks kechasi tashkil qilinishi mumkin

Toshkentda super professional boks kechasi tashkil qilinishi mumkin
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (55 kg) WBA va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliyev o‘zining navbatdagi jangini Toshkentda o‘tkazishi mumkinligi haqida ma’lumot bergan edik. Sports.uz sayti habar berishicha jang kechasi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishilgan va kelasi hafta rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Jang kechasi “Matchroom" kompaniyasi tomonidan 3 aprel kuni tashkil etiladi va ushbu kechada Ahmadaliyevdan tashqari Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov va boshqa bokschilarimiz jang olib borishi kutilmoqda. Murodjon Ahmadaliyev esa o‘z kamarlarini yaponiyalik Ryosuke Ivasadan himoya qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentda super professional boks kechasi tashkil qilinishi mumkin